Biz bolalarga ular uchun mehr nimaligini tasvirlashni taklif qildik: oila bag‘ridagi iliq lahzalar, yaqinlarga yordam, atrofdagilarga ko‘rsatilgan mehr va ezgulik. Tanlovga jami 252 ta ijodiy ish kelib tushdi. Hakamlar hay’ati ularning orasidan 5 ta eng sara ishni tanlab oldi. Endi aynan shu 5 ta rasm Asl Baraka kolbasa mahsulotlari qadoqlaridan joy oladi. Barcha yuborilgan ishlar bilan esa quyida tanishishingiz mumkin.



Sizni o‘z iste’dodi va samimiy rasmlari bilan hakamlar hay’atini hayratda qoldirgan yosh rassomlar bilan tanishtiramiz.
Har bir rasm bolalarning mehr, oila va muhabbat haqidagi tasavvurini aks ettiradi. Ularning barchasi birdek e’tirof etilishga loyiq. Quyida barcha ishlar bilan tanishishingiz hamda ishtirokchilarning nomiga rasmiylashtirilgan faxriy sertifikatlarni yuklab olishingiz mumkin.
«Mehr nima?» — bu bolalarning mehr, ezgulik va yaqinlarga bo‘lgan muhabbat haqidagi tasavvurlarini aks ettiruvchi rasmlar tanlovidir. Bolalar qo‘llari bilan emas, qalblari bilan chizadilar. Biz esa ularning iste’dodi e’tirof etilishiga yordam beramiz.
Tanlovga kelib tushgan barcha ishlar orasidan 20 ta eng yaxshi rasm saralab olindi. So‘ng hakamlar hay’ati ular orasidan 5 ta eng sara ishni tanladi.
Mehr va g‘amxo‘rlikni eng yorqin hamda samimiy aks ettirgan 5 ta rasm g‘olib deb topildi. Yaqin kunlarda aynan shu rasmlar Asl Baraka mahsulotlari qadoqlaridan o‘rin oladi.
Tanlovning har bir ishtirokchisi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan sertifikatni yuklab olishi mumkin. Jasorati, mehribonligi va iliqligini boshqalar bilan ulashishga bo‘lgan istagi uchun. Chunki biz uchun har bir ishtirokchi — g‘olib.